Skip to main content

Tovarlarni sotishga qo‘yilgan cheklovlar

Ta’qiqlangan tovarlar ro‘yxati​

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Bigmart qoidalariga ko‘ra, quyidagi tovar toifalarini marketpleysda sotish taqiqlanadi:

Tovar turlariTaqiqlanish asoslari
Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlariO‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq
Narkotik moddalar, psixotrop vositalar va prekursorlarO‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq
Uyatsiz yoki axloqsiz mazmundagi buyumlarO‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq
Kontrafakt va pirat mahsulotlarO‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq
Musodara qilingan, egasiz mulk, davlat merosiga o‘tgan mulk va xazinalarO‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq
Qurol-aslaha va o‘q-dorilar, ularning qismlari va jihozlari, zaharli moddalarO‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq
Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, qimmatbaho metalllar va ulardan yasalgan buyumlarO‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq
Rentgen uskunalari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanadigan qurilmalarO‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq
Uran va boshqa bo‘linuvchi materiallar, shuningdek ulardan yasalgan buyumlarO‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq
Harbiy qurol-aslaha, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, portlovchi moddalar, pirotexnika, hamda ularni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan maxsus materiallarO‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq
Dori vositalari, inyektsion preparatlar, tibbiy buyumlar (shu jumladan testlar, ekspress-testlar, anaboliklar, steroidlar va boshqalar)Bigmart mazkur tibbiy tovarlar toifalarini joylashtirish va sotishga ruxsat bermaydi
Biologik faol qo‘shimchalar (BAA)Bigmart mazkur tibbiy tovarlar toifalarini joylashtirish va sotishga ruxsat bermaydi
Elektron sigaretalar, suyuqliklar, kartrijlar, quti va qismlar; tamaki isitish tizimlari, kalyanlarBigmart yosh chegarasiga ega bo‘lgan tovarlarni joylashtirish va sotishga ruxsat bermaydi
Utsenka qilingan yoki avval ishlatilgan buyumlarBigmart bunday mahsulotlarni joylashtirish va sotishga ruxsat bermaydi
Bepul tarqatish uchun mo‘ljallangan mahsulotlarSotish uchun mo‘ljallanmagan
Hayvonlar, o‘simliklar va hasharotlarBigmart tirik organizmlar va o‘simliklarni sotishga ruxsat bermaydi
Yangi sabzavotlar, mevalar, uzum, rezavorlar, subtropik mahsulotlar, yong‘oqlar, poliz ekinlari, qo‘ziqorinlar, yovvoyi mevalar, kartoshkaBigmart ushbu toifalardagi mahsulotlarni sotishga ruxsat bermaydi
Avto va moto transport vositalari (sertifikatlashga majbur bo‘lgan)Saqlash va tashish sharoitlari mavjud emas
Pestitsidlar va agroximikatlarBigmart ularni joylashtirish va sotishga ruxsat bermaydi
Majburiy sertifikatlashga tegishli bo‘lib, sertifikatisiz sotilayotgan mahsulotlarO‘zbekiston Respublikasi mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash to‘g‘risidagi qonuni

Agar cheklovlar ro‘yxatiga o‘zgarishlar kiritilsa, Bigmart bu haqda xabarnoma yuboradi. Shuning uchun savdoni boshlashdan oldin assortimentingizni taqiqlangan tovarlar mavjudligi bo‘yicha doimiy ravishda tekshirishingiz tavsiya etiladi.

FBF sxemasi bo‘yicha tovarlarni sotishda cheklovlar​

Bigmart o‘z omborxonalarining imkoniyatlari, saqlash sharoitlari va boshqa omillarni hisobga olgan holda, FBF (Fulfillment by Bigmart) sxemasi bo‘yicha quyidagi toifadagi tovarlarni qabul qilmaydi.

  • Avto-moto transport tovarlari:
    • kislotali va ishqorli zaryadlangan akkumulyatorlar;
    • yirik o‘lchamdagi plastik detallar (bamper, panel va boshqalar);
    • kuzovning metalldan yasalgan katta detallari;
    • yirik yig‘ma detallar (kreslo to‘plami);
  • Vannalar, dush kabinalari;
  • Vaqtinchalik eshiklar;
  • Katamaranlar va ularning butlovchi qismlari.
  • Pol qoplamalari:
    • kovrolin;
    • laminat;
    • linoleum;
    • har qanday rulonli pol qoplamalari;
    • plintuslar;
    • kafel va PVX plitkalar (jumladan egiluvchan plitkalar).
  • Boshqa cheklangan tovarlar:
  • Granata, mina va snaryad maketlari;
  • Binbag kreslolar uchun to‘ldiruvchi materiallar;
  • Neodim magnitlari;
  • Zaryadsiz (bo‘sh) yong‘in chiqaruvchi briqetlar, o‘t yoquvchi moslamalar, USB-zajigalkalar va shunga o‘xshash mahsulotlar.
  • Xavfli yuklar (tovarning xususiyatiga ko‘ra):
    • portlovchi moddalar va pirotexnika (I, II, III sinf). Masalan: patron, falshfeyyer, salyut batareyalari, bengal chiroqlar, petardalar, raketalar, fontanlar, feyerverklar, rangli tutunlar, airsoft pirotexnikasi va boshqalar.

    • oson yonuvchi suyuqliklar, jumladan: o‘t yoquvchi suyuqliklar, parafin, benzin, kerosin, zajigalka yoqilg‘isi, erituvchilar (uayt-spirit, ksilol, toloul, solvent), texnik atseton, spirtli antiseptiklar va boshqalar.

    • oson yonuvchi qattiq moddalar, jumladan: gugurtlar, quruq yoqilg‘i, ko‘mir (yong‘in yoquvchi sifatida ishlatiladigan).

    • Yonuvchi va yonmaydigan gazlar (siqilgan yoki suyuqlangan), jumladan: zajigalkalar, o‘t o‘chiruvchi ballonlar, gaz ballonlari (propan, butan, freon va boshqalar) va hokazo.

  • Pestitsidlar va agroximikatlar;
  • 7% va undan yuqori konsentratsiyadagi vodorod peroksid eritmalari;
  • Duradgorlik mahsulotlari (eshiklar, romlar, deraza, plintuslar);
  • Stomatologik qurilmalar;
  • Qurilish kimyosi (gidroizolyatsiya, plitka yelimi, shpaklyovka va boshqalar);
  • Yirik qurilish materiallari:
    • vintli svayalar,
    • tom yopish materiallari,
    • profil va burchaklar,
    • reyka shiftlari,
    • siding, septiklar,
    • shisha bloklar, profil trubalar,
    • quduq qismlari,
    • metall prokat,
    • issiqlik izolyatsiyasi (dona emas, quyma),
    • mulch, po‘stloqlar va boshqalar.
  • Butunligi yoki germetikligi buzilgan, odamlar uchun xavf tug‘dirishi, atrofdagi boshqa mahsulotlarni ifloslantirishi, buzishi yoki shikastlashi mumkin bo‘lgan xususiyat va tavsiflarga ega bo‘lgan potensial xavfli mahsulotlar.
    Cheklovlarda ko‘rsatilmagan suyuq holatdagi xavfli yuklar (mahsulotlar) hajmi iste’molchi qadoqlanishida 5 litrdan oshmasligi kerak.
    Cheklovlar o‘zgarganda Bigmart xabar beradi. Shuning uchun har doim assortimentni tekshirib turing.

FBS sxemasi bo‘yicha cheklovlar​

Bigmart logistika va xavfsizlik talablariga ko‘ra, FBS (Fulfillment by Seller) sxemasi bo‘yicha quyidagi tovarlarni qabul qilmaydi:

  • I, II, III toifali portlovchi moddalar va pirotexnik buyumlar, jumladan, ammo ular bilan cheklanmagan holda: patronlar; favqulodda holat signallari; salyut batareyalari; bengal chiroqlari; petardalar; minomyotlar; raketalar; rim shamchalari; tort uchun pirotexnik shamlar va fontanlar; feyerverklar; rangli tutun; festival sharlar; strikbol uchun pirotexnika, jumladan granatalar, minalar, dud bo‘laklari, o‘q otish moslamalari va zaryadlar va hokazolar.
  • Transport vositalari uchun to‘ldirilgan kislota va ishqorli akkumulyator batareyalari.
  • Bosim ostida gaz saqlovchi har qanday ballonnar, jumladan, ammo ular bilan cheklanmagan holda: maishiy o‘t o‘chirgichlar, sanoat o‘t o‘chirgichlar, avtomobil o‘t o‘chirgichlari, gaz/geliy ballonlari, iqlimiy va maishiy texnika uchun freon ballonlari. Ushbu cheklov aerozol mahsulotlariga, gaz kartujlariga va chiqarish moslamasi bo‘lmagan, qayta ishlatishga yaroqsiz, gaz saqlovchi kichik sig‘imdagi idishlarga tatbiq etilmaydi.
  • Granata, mina va snaryad maketlari;
  • Neodim magnitlari;
  • ГОСТ 19433-88 “Xavfli yuklar, tasnifi va markalash”ga muvofiq, mayda qadoqlangan (ya’ni iste’molchilar uchun mo‘ljallangan cheklangan miqdordagi) mahsulotlardan tashqari xavfli yuklar (tovarlar).
  • Uskunaga o‘rnatilmagan yoki uskunaga birga qadoqlanmagan alohida litiyli akkumulyator batareyalari.
  • 7% va undan yuqori konsentratsiyadagi vodorod peroksidi (pereoksid), pergidrol eritmalari.
  • Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari.
  • Qadoqlanishi yoki germetikligi buzilgan, odamlar uchun xavf tug‘dirishi, atrofdagi boshqa tovarlarni ifloslantirishi, buzishi yoki shikastlashi mumkin bo‘lgan potentsial xavfli mahsulotlar.

Cheklovlar o‘zgarganda Bigmart xabar beradi. Shuning uchun har doim assortimentni tekshirib turing.

Sifat sertifikatlari​

Davlat iste’molchilar huquqlarini himoya qiladi va quyidagi ma’lumotlarni talab qilish huquqini beradi:


Xaridor talabi bo‘yicha Sotuvchi quyidagi hujjat va ma’lumotlarni taqdim etishi shart:

  • tovar ishlab chiqaruvchining firma nomi va joylashgan manzili (yuridik manzili) haqida ma’lumot, shuningdek ishlab chiqaruvchi (yoki sotuvchi) tomonidan xaridorlardan da’volarni qabul qilish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun vakolat berilgan tashkilot(lar)ning joylashgan manzili;
  • sertifikatning asl egasi yoki ushbu sertifikatni bergan tovarlarni sertifikatlash organi tomonidan tasdiqlangan nusxasi (majburiy sertifikatlashdan o‘tishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni realizatsiya qilishda);
  • ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchi (sotuvchi) tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan tovarga hamroh hujjatlar.

Siz mahsulot sifati yoki davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasdan ham sotuvni boshlashingiz mumkin.

Agar sizning tovaringiz majburiy sertifikatlash toifasiga kirsa, Bigmart menejerlari yoki xaridorlar tomonidan tegishli hujjatlar so‘ralishi mumkin. Bunday holatda siz so‘rov olingan paytdan boshlab uch ish kuni ichida ushbu hujjatlarni taqdim etishingiz shart. Zarur hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, Bigmart hujjatlar taqdim etilgunga qadar tovarlarni bloklash huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Shu sababli savdoni boshlashdan oldin, har doim tovar assortimentini O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilishga ruxsat beruvchi barcha hujjatlar mavjudligi nuqtayi nazaridan tekshirib chiqishingizni tavsiya etamiz.

Brend tovarlari bo‘yicha talablar​

Tovar belgisi yoki savdo markasi O‘zbekiston Respublikasi yoki boshqa davlatlarning intellektual mulk tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lgan mahsulotlarni joylashtirish va sotish uchun, sotuvchilar ushbu tovar belgisi yoki savdo markasidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishlari lozim.
Bigmart tovar belgisi yoki savdo markasidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni majburiy ravishda taqdim etishni talab qilmaydi. Biroq, huquq egasining talabi asosida, biz sizning tovarlaringizni bloklashga majbur bo‘lamiz. Bunday holatda blokirovkani olib tashlash uchun siz brenddan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishingiz kerak bo‘ladi.
Hujjatlarni taqdim etish muddati — uch kun.

O‘lcham va vazn bo‘yicha cheklovlar​

Bigmart saqlash sharoitlari, logistika va xavfsizlik talablaridan kelib chiqqan holda, shuningdek boshqa omillarni inobatga olib, yirik hajmli va og‘ir tovarlarni joylashtirish va sotish uchun qabul qilmaydi.

FBF sxemasi bo‘yicha ruxsat etilgan parametrlar:

  • Qadoqning uch tomoni yig‘indisi 190 sm dan oshmasligi kerak (kenglik + chuqurlik + balandlik).
  • Tomonlardan birining maksimal uzunligi 120 sm dan oshmasligi kerak.
  • Tovarning maksimal ruxsat etilgan vazni — 25 kg.

FBS sxemasi bo‘yicha ruxsat etilgan parametrlar:

  • Qadoqning uch tomoni yig‘indisi 250 sm dan oshmasligi kerak (kenglik + chuqurlik + balandlik).
  • Tomonlardan birining maksimal uzunligi 150 sm dan oshmasligi kerak.
  • Tovarning maksimal ruxsat etilgan vazni — 50 kg.

Tovar kartochkasini yaratishda tovarlarning o‘lchamlari va vazni bo‘yicha aniq ma’lumotlar taqdim etilishi shart. Agar tovar o‘lchamlari yoki vazni belgilangan cheklovlardan oshsa, bunday tovarlar omborga qabul qilinmaydi.
Ko‘rsatilgan gabarit va vazn cheklovlaridan oshib ketadigan, shuningdek ombor jihozlariga, boshqa tovarlarga yoki ombor xodimlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan tovarlarga ruxsat etilmaydi.
Tovarlarning gabaritlari va vazni bo‘yicha belgilangan cheklovlarga rioya qilinmagan taqdirda, yetkazib beruvchilar ushbu talablar buzilishi bilan bog‘liq har qanday shikastlanish yoki zarar uchun javobgar bo‘ladilar.

Boshqa cheklovlar​

Ekspress-testlar tibbiy buyumlar toifasiga kiradi va Bigmart platformasida faqatgina ularning qo‘llanma (yo‘riqnoma)larida uy sharoitida foydalanish mumkinligi yoki mustaqil foydalanish uchun mo‘ljallanganligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, sotilishi mumkin. Ekspress-testlarga quyidagilar kiradi:

  • infeksiyalarni aniqlash uchun ekspress-testlar (masalan, gepatit, sifilis, gripp testlari);
  • glyukometrlar uchun test-poloskalar;
  • narkotik moddalarni aniqlash testlari;
  • homiladorlikni yoki ovulyatsiya davrini aniqlash testlari;
  • COVID-19 ni aniqlash uchun ekspress-testlar.