Skip to main content

Tovarlar bilan ishlash va narxlar

Tovar — bu inson faoliyati mahsuli bo‘lib, sotish uchun mo‘ljallangan, xaridorlarning sifat va narx bo‘yicha talablariga javob beradigan mahsulotdir. Xaridor tovarni ko‘plab variantlar ichidan tanlash, uning xususiyatlari va tavsiflari bilan tanishish, narxini solishtirish, o‘zi uchun qulay usulda to‘lov qilish va tovarni tez yetkazib olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Tovarlarni savdoga qo‘yish uchun siz “Tovar kartochkasi” yaratishingiz kerak.
Tovar kartochkasi — bu tovar haqida to‘liq va ishonchli ma’lumot: suratlari, tavsifi, xususiyatlari, qo‘shimcha ma’lumotlari, komplektatsiyasi va eng muhimi — narxi.
Shuning uchun instruktsiyani diqqat bilan o‘qib, tovar kartochkasini quyidagi talablarga mos ravishda to‘ldiring:

  • Tovar kartochkasi xatolarsiz yaratilishi va moderatsiyadan o‘tishi;
  • Tovar qoidabuzarliklar sabab bloklanib qolmasligi;
  • Xaridor tovar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi va aynan o‘sha tovarni xarid qilishga qiziqishi;
  • Xaridor tovarni millionlab mahsulotlar orasidan tez topa olishi;
  • Xaridor fotosuratga qiziqib, kartochkani ochishi;
  • Xaridor tavsifning dastlabki satrlaridanoq tovarni savatchaga qo‘shishi;
  • Siz kutganingizdan ko‘ra ko‘proq sotishingiz.

Tovar kartochkasini yaratish​

Tovar kartochkasini yaratish uchun kabinetga kiring, “Tovarlar va narxlar” bo‘limini oching va sahifaning yuqori o‘ng burchagidagi “Tovar yaratish” tugmasini bosing.
Shuningdek, yangi kartochkani do‘kon kabineti orqali ham yaratishingiz mumkin. Buning uchun “Mening do‘konlarim” bo‘limiga o‘ting, kerakli do‘konni tanlang va “Do‘kondagi tovarlar” oynasida “Tovar yaratish” tugmasini bosing.
Ochilgan “Tovar kartochkasini yaratish” sahifasida tovar haqida barcha ma’lumotlarni, xususiyat va tavsiflarni kiriting. Bu xaridorga sotib olishdan oldin to‘liq tasavvur beradi.

Tovar kartochkasini tahrirlash​

Tovar kartochkasi xaridorni “Sotib olamanmi yoki yo‘qmi?” degan qarorga olib keladigan eng muhim ma’lumotdir. Shu sababli u vaqti-vaqti bilan tahrir talab qiladi.
Xatolar, noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan tavsiflar xaridorlarning qiziqishini kamaytiradi. Shuning uchun kartochkani doimiy ravishda kuzatib, yaxshilab borish zarur.
Kartochkani istalgan vaqtda tahrirlashingiz mumkin, ammo ayrim istisnolar mavjud. Buning uchun “Tovarlar va narxlar → Tovarlar ro‘yxati” bo‘limiga o‘ting, kerakli tovarni tanlang va “O‘zgartirish” tugmasini bosing.

E'tiborga olish kerak bo‘lganlar:

  • Kartochkaga o‘zgartirish kiritilsa, u qayta moderatsiyadan o‘tadi — bu vaqtinchalik sotuvga ta’sir qiladi.
  • Qoidalar buzilgan bo‘lsa, moderatorlar kartochkani faollashtirmasligi mumkin.
  • Moderatsiya biroz vaqt oladi, bu savdo hajmiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
  • Agar o‘zgarish faqat narx yoki chegirma bo‘lsa — qayta moderatsiya talab qilinmaydi; yangi narxlar darhol qo‘llanadi.

Tovar kartochkasida nima o‘zgartirib bo‘lmaydi?

Quyidagilarni o‘zgartirish mumkin emas:

  • Tovar kategoriyasi
  • Majburiy markirovka ma’lumotlari
  • Tovar xususiyatlari

Agar ushbu o‘zgartirishlar zarur bo‘lsa, sababini ko‘rsatgan holda qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qiling.

Qaysi holatlarda kartochkani cheklovsiz o‘zgartirish mumkin?

Agar:

  • Kartochka statusi “Nofaol” bo‘lsa;
  • Tovar Bigmart omboriga biror marta ham yetkazilmagan bo‘lsa (FBF);
  • Tovar sizning omboringizdan biror marta ham sotilmagan bo‘lsa (FBS+).

Tovar kartochkasini to‘liq qayta o‘zgartirish uchun nima qilish kerak?

Cheklovsiz o‘zgartirish mumkin, agar:

  • Kartochka statusi “Nofaol”;
  • Tovar Bigmart omboriga topshirilmagan;
  • Sizning omboringizdan sotilmagan;
  • Mazkur tovar identifikatori bo‘yicha hujjatlarda hech qanday yozuv bo‘lmasa.

Agar o‘zgartirib bo‘lmaydigan ma’lumotlarni o‘zgartirish kerak bo‘lsa — xizmatga murojaat qiling.
Shuningdek, siz yangi tovar kartochkasi yaratib, barcha jarayonlarni boshidan boshlashingiz mumkin, lekin:

  • Bu hisob-kitob va monitoringda noqulayliklar tug‘diradi;
  • Bigmart omborida ushbu tovardan qoldiq bo‘lsa, moderatorlar kartochkani nusxa sifatida bloklashi mumkin.

Qo‘shimcha xususiyatlarni qanday qo‘shish mumkin?

Kartochka yaratilgandan keyin tovar xususiyatlarini o‘zgartirib bo‘lmaydi, chunki ular asosida har bir variatsiya uchun alohida kod yaratiladi. Masalan, sizda futbolka uchun S, M va XL o‘lchamlar va 3 xil rang (Oq, qora, qizil) ko‘rsatilgan bo‘lsa, demak 9 xil variatsiada futbolka yaratiladi. Shuning uchun bunday tovar xususiyatini taxrirlab bo’lmaydi. Agar hato ketgan xususiyatlarni tahrirlamoqchi bo’lsangiz, sabablarini keltirgan holda qo’llab-quvvatlash markazimizga murojaat qiling.
Mavjud xususiyatlar qatoriga yangi element qo’shish imkoniyati mavjud. Misol uchun siz yangi XXL o‘lcham qo‘shishingiz mumkin, agar avval S, M va XL o’lchamlar kiritilgan bo’lsa. Chunki bu mavjud variatsiyalarni o‘zgartirmaydi. Bunda tizim avtomatik tarzda yangi variatsiadagi tovarlar uchun shtrix kodlar generatsia qiladi.
Lekin mavjud variatsiadagi tovarlar uchun qo‘shimcha xususiyat qo‘shib bo‘lmaydi, agar u mavjud variatsiyalarga ta’sir qilsa. Misol: “logotipli / logotipsiz” opsiyasini qo‘shib bo‘lmaydi, agar ilgari bu ko‘rsatilmagan bo‘lsa — tizim mavjud variatsiyalarni ajrata olmaydi. Chunki bu holatda tizim bitta mahsulot — «Futbolka qora XL»ni ikki xil mahsulotga ajrata olmaydi: «Futbolka qora XL logotipli» yoki «Futbolka qora XL logsiz».
Agar yangi xususiyat qo‘shish bo‘yicha alohida zarurat yuzaga kelsa, siz to‘g‘ri xususiyatlarga ega yangi tovar kartochkasini yaratishingiz va kartochka hamda tovar bilan bog‘liq barcha jarayonlarni qaytadan boshlashingiz kerak bo‘ladi, hisob va monitoringdagi noqulayliklarga qaramay.
Yoki siz faqat shu variatsiya uchun alohida tovar kartochkasini yaratishingiz mumkin, masalan, faqat «Futbolka qora XXL logotipli» uchun. Biroq bunday yechim xaridorlar uchun noqulaylik tug‘diradi va talab hamda savdo hajmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tovar kartochkasini qanday o‘chirish yoki nofaollashtirish mumkin?

Kartochkani o‘chirish yoki nofaollashtirish mumkin, agar:

  • Statusi “Nofaol”;
  • Tovar Bigmart omboriga topshirilmagan (FBF);
  • Sizning omboringizdan sotilmagan (FBS+);
  • Ushbu tovar identifikatori bo‘yicha hujjatlarda yozuv yo‘q bo’lsa.

Kartochkani nofaollashtirish mumkin, agar:

  • Bigmart omborida qoldiq bo‘lmasa;
  • Tovar sizning omboringizdan sotilayotgan bo‘lsa (FBS+).

Nofaol holatdagi tovarlar:

  • Bigmart ombori tomonidan qabul qilinmaydi;
  • Onlayn do‘konning mahsulotlar ro‘yxatida ko‘rinmaydi.