Skip to main content

Ishlash sxemasini tanlang va savdo qilishni boshlang

Agar siz allaqachon o‘z do‘koningizni yaratgan bo‘lsangiz va tovar kartochkalarini qo‘shgan bo‘lsangiz, demak siz Bigmart orqali tovarlaringizni sotishga tayyorsiz. Endi faqat tovarlaringizni Bigmart omboriga yetkazish yoki buyurtma kelganda yetkazib berish uchun o‘z omboringizda bron qilish qoldi. Mana shu yerda siz uchun qaysi sxema qulay va foydaliroq ekanini tanlab olish kerak bo‘ladi.
Agar siz tovarlaringizni Bigmart omboriga yetkazsangiz, bu FBF (Fulfillment By Bigmart) sxemasi orqali savdo hisoblanadi, ya’ni realizatsiya jarayonlarining barchasi Bigmart tomonidan amalga oshiriladi.
Agar siz tovarlarni o‘z omboringizda saqlay olsangiz va buyurtma tushganda ularni yig‘ish punktiga yetkazishga tayyor bo‘lsangiz, bu FBS+ (Fulfillment By Seller) sxemasi orqali savdo deyiladi. Ya’ni, tovarlarni hisobga olish, saqlash va yig‘ish punktiga yetkazish — sotuvchi zimmasida bo‘ladi. FBS+ sxemasi bo‘yicha ishlash uchun o‘z omborlaringizni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz kerak bo‘ladi.
Sxemalar bo‘yicha batafsil ma’lumotni quyidagi hujjatlar bo‘limidan olishingiz mumkin:

  • Bigmart omboridan savdo qilish (FBF);
  • O‘z omboringizdan savdo qilish (FBS+);
  • O‘z omboringizni sozlash.

Tovarlar Bigmart omboriga yetkazilganda, ular sifat va qadoqlanish bo‘yicha tekshiruvdan o‘tadi, tovar kartochkalari moderatorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi va tovar sotuvga chiqariladi.
FBS sxemasi bo‘yicha savdo qilganingizda esa, tovarlarni sotuvga qo‘yishni o‘zingiz faollashtirasiz. Bunda tovar kartochkalari moderatorlar tomonidan tekshiriladi va sotuvga tasdiqlanadi.
Moderatorlar sizning tovar kartochkalaringizni bloklamasligi uchun “Tovarlar va narxlar” bo‘limidagi ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘qib chiqing.
Siz sotuvga qo‘ygan barcha tovarlar internet-do‘kon sahifalarida paydo bo‘ladi va sizga mijozlardan buyurtmalarni kutish qoladi.