Skip to main content

Ro‘yxatdan o‘ting va akkauntingizni faollashtiring

Sotuvchilar uchun talablar​

Bigmart’da sotuvchi bo‘lish huquqiga yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) ega bo‘lishi mumkin.
Sotuvchilar tovarlarni chakana savdoga chiqarish yoki o‘z mahsulotlarini sotish huquqiga ega bo‘lishlari kerak.
Yuridik shaxslar tovarlarni chakana savdoda sotishda:

  • tovarlarni xarid qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishlari,
  • qonunchilikda belgilangan hollarda — tovarlarning muvofiqlik sertifikatlarini joyida saqlashlari shart.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar quyidagi hollarda chakana savdo faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega:

  • o‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri import qilgan mahsulotlarni sotish;
  • o‘zlari ishlab chiqargan (sotish taqiqlanmagan) mahsulotlarni sotish;
  • boshqa yakka tartibdagi ishlab chiqaruvchilardan olingan mahsulotlarni sotish;
  • mahalliy ishlab chiqaruvchilardan olingan mahsulotlarni — ularning qonuniy xarid qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lsa.

Sotuvchi o‘z faoliyati profili va ixtisosligiga mos tarzda tovar assortimentini mustaqil belgilaydi.
Bigmart’da O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha chakana savdoda sotish taqiqlangan tovarlarni sotish qat’iyan man etiladi. Bundan tashqari, Bigmart ayrim tovar toifalarini o‘z savdo maydonchasida sotishni cheklash huquqiga ega. Taqiqlangan tovarlar ro‘yxati bilan 2.2-bo‘limda batafsil tanishish mumkin.
Sotuvchilar taqiqlangan tovarlarni sotmasliklari va O‘zbekiston Respublikasining savdo, elektron tijorat hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi barcha qonunlariga rioya etishlari shart.

Ro‘yxatdan o‘tish va akkauntni tasdiqlash​

Sotuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun seller.bigmart.uz sahifasiga kiring va “Hisob yaratish” tugmasini bosing.

Ochilgan oynada quyidagilarni kiriting:

  • familiya, ism, sharif;
  • jinsingiz;
  • tug‘ilgan sana (kun.oy.yil formatida);
  • telefon raqami (login sifatida ishlatiladi);
  • kamida 8 belgidan iborat parol (raqamlar, katta-kichik harflar va maxsus belgilar bilan).

Ma’lumotlarni tekshirib, “Davom etish” tugmasini bosing.
⚠️ Muhim: Tugmani bosish orqali siz ommaviy oferta va maxfiylik siyosati bilan rozilik bildirasiz.
Begona shaxslar sizning akkauntingizga kirishi oldini olish uchun:

  • boshqa xodim ishlatadigan telefon raqamini kiritmang;
  • agar boshqa xodim sizning do‘koningizni boshqarsada, uning telefon raqamini kiritmang. Siz unga keyinchalik alohida xodim sifatida kirish huquqini bera olasiz;
  • telefon raqamingiz faol, bloklanmagan hamda aloqa operatori xizmati doirasida bo‘lishi kerak;
  • oldin xaridor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan raqamdan ham foydalanish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tgach, telefon raqami sizning akkauntingizga bog‘lanadi. Tizimga kirishda yoki xavfsizlik kodlarini tasdiqlashda SMS orqali kodlar yuboriladi.
Agar raqam birinchi marta ro‘yxatdan o‘tayotgan bo‘lsa, shaxsiy ma’lumotlar oynasiga o‘tasiz.
Agar raqam ilgari tizimda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, sizga xabar chiqadi. Bunda siz:

  • boshqa raqamdan foydalanishingiz,
  • yoki qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.

Agar barcha ma’lumot to‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa, tizim sizni tabriklab oynani ochadi.
Keyingi bosqichda siz yuridik va bank ma’lumotlaringizni to‘ldirishingiz kerak.

Tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish​

Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, o‘z tashkilotingizning yuridik ma’lumotlarini kiritishingiz va ommaviy ofertani qabul qilishingiz lozim.
Ro‘yxatdan o‘tishdan oldin quyidagi hujjatlarni skanerlangan shaklda tayyorlab oling:

  • Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasi;
  • Rahbarning pasport nusxasi;
  • Tashkilot logotipi (agar mavjud bo‘lsa).
  1. So‘ngra tashkilotingizning tashkiliy-huquqiy shaklini (THSh) tanlang:
    • Yakka tartibdagi tadbirkor (YTT);
    • Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) yoki boshqa yuridik shaxs.

❗ THSh tanlangandan so‘ng uni o‘zgartirib bo‘lmaydi.

  1. Keyin STIR (Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami)ni kiriting. Tizim tashkilotingiz yuridik ma’lumotlarini qidiradi va aniqlaydi.
  2. Ustav fayli (skaner nusxasi);
  3. Bank rekvizitlari: MFO, hisob raqami.
  4. Ma’lumotlarni tekshirib, “Yakunlash” tugmasini bosing.
    Moderatorlar ma’lumotlaringizni tekshiradi va siz bilan tez orada bog‘lanadi.
    Tasdiqlangandan keyin siz o‘z do‘konlaringizni yaratib, mahsulotlar qo‘shishni boshlashingiz mumkin.

Do‘kon yaratish​

Bigmart’da mahsulot joylashtirish uchun o‘z virtual do‘koningizni yaratishingiz lozim bo’ladi.
Siz bir nechta do‘kon ochishingiz mumkin, masalan:

  • “Maishiy texnika do‘koni”,
  • “O‘yinchoqlar do‘koni”,
  • “Xitoy mahsulotlari do‘koni” va hokazo.

Bir nechta do‘kon ochish majburiy emas — agar mahsulotlaringiz ko‘p bo‘lsa va ularni bo‘lishga resursingiz yetarli bo‘lsa, bu foydali bo‘ladi.
Barcha moliyaviy hisob-kitoblar bitta sotuvchi akkaunti orqali amalga oshiriladi.

  1. Do‘kon ochish uchun quyidagilarni kiriting:
    • Do‘kon nomi;
    • Bigmart’dagi sahifa manzili;
    • Qisqa tavsif, shior yoki reklama matni (ixtiyoriy, lekin tavsiya etiladi);
    • Do‘kon logotipi va fon rasmi (cover).
  2. So‘ng “Saqlash” tugmasini bosing. Shundan so‘ng siz mahsulot kartalarini yaratib, narx va chegirmalarni belgilashingiz mumkin. Tovar kartalari haqida to’liq ma’lumotni “Tovarlar va narxlar” bo’limidan olishingiz mumkin.

Ommaviy ofertani o‘qing va qabul qiling​

Ommaviy oferta — bu Bigmart savdo maydonchasidan foydalanish va tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi taklifdir. U komissiya shartnomasi ham hisoblanadi.

  1. Matnni diqqat bilan o‘qing, kerak bo‘lsa uni chop eting yoki PDF formatda saqlang.
  2. Ommafiy ofertada keltirilgan barcha bandlarga, shartlarga diqqat bilan e’tibor bering. Zarur hollarda menejerlarimiz bilan bog’lanishingiz va qo’shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.
  3. Agar shartlarga rozilik bildirmasangiz, siz xizmatdan foydalanishdan voz kechishingiz va savdo maydonchasidan foydalanmasligingiz mumkin.
  4. Agar shartlarga rozilik bildirsangiz, quyidagilarga belgi qo‘ying:
  • men ommaviy ofertani to‘liq o‘qidim;
  • men ommaviy ofertani qabul qilaman.
  1. So‘ng “Qabul qilaman” tugmasini bosing.

Shundan keyin siz elektron soliq xizmatlari saytida Bigmart tashkilotini komissionerlar ro‘yxatiga qo‘shishingiz kerak bo‘ladi.
Agar kelajakda oferta yangilansa, sizdan yangilangan versiyani qayta qabul qilish (aksept) talab qilinishi mumkin.