Do‘konda tovarlarni joylashtirish
Tovar kartochkasini yaratgandan so‘ng, tovarni do‘konga joylashtirish kerak. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida siz o‘zingizning do‘koningizni yaratgansiz. Ehtimol, siz tovarlaringizni hisobga olishni qulayroq va osonroq qilish uchun bir nechta do‘konlar yaratgandirsiz.
Agar sizda faqat bitta faol do‘kon bo‘lsa, tizim avtomatik ravishda shu do‘konni tovar uchun tanlaydi. Agar sizda bir nechta do‘kon bo‘lsa, siz o‘zingiz tovarlaringizni do‘konlar bo‘yicha taqsimlashingiz kerak bo‘ladi.
Tovarni tegishli do‘konda joylashtirish uchun tovar kartochkasini oching va «Do‘kon» bo‘limida ushbu tovarni joylashtirmoqchi bo‘lgan do‘konni tanlang hamda uning hisobini yuriting.
Shuningdek, siz tovarlarni bevosita do‘kon kabinetida ham joylashtirishingiz mumkin. Buning uchun «Mening do‘konlarim» bo‘limini oching, kerakli do‘konni tanlang va «Tovarlar va narxlar» bo‘limida «Tovar qo‘shish» tugmasini bosing.
Tovarlarni do‘konga joylashtirishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
- Bitta tovar faqat bitta do‘konda joylashtirilishi mumkin.
- Tovarning joylashuvini do‘konlar o‘rtasida o‘zgartirish faqat tovar nofaol holatda bo‘lganda amalga oshiriladi.
- Tovar Bigmart omboriga yetkazilgan va qabul qilinganidan payt, uning do‘konini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydi.
- Tovarni o‘z omboringizdan sotuvga faollashtirgandan so‘ng, uning do‘konini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydi.
- Do‘kon o‘zgartirilganda, ilgari sotilgan tovarlarning hisob ma’lumotlari o‘zgarishsiz qoladi.
Do‘konni tahrirlashdagi qoidalar va cheklovlarni hisobga olgan holda, bozorni, talabni va savdo hajmini tahlil qilishda aniqroq ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun kerakli do‘konni birinchi marta to‘g‘ri tanlashni tavsiya qilamiz.
Tovarlaringizni virtual do‘konlaringiz bo‘yicha taqsimlaganingizdan so‘ng, ularni Bigmart omborlariga yetkazib berishga tayyorlashga (FBF sxemasi) yoki o‘z omboringizdagi tovarlarni sotuvga bron qilishga (FBS+ sxemasi) kirishishingiz mumkin.