Skip to main content

BIGMART resurslarida foydalanuvchi kontenti siyosati

Tahrir sanasi

2025-yil 10-mart

1. Umumiy qoidalar​

Mazkur Siyosat www.bigmart.uz veb-saytida (keyingi o‘rinlarda — «Resurs») foydalanuvchi kontentini joylashtirish va undan foydalanish tartibini belgilaydi. Resursdan foydalanish foydalanuvchining mazkur Siyosatga roziligini anglatadi. Foydalanuvchi ushbu hujjatni imzolashi (tasdiqlashi) orqali uning shartlariga roziligini va ularga rioya etish majburiyatini tasdiqlaydi.

2. Ruxsat etilgan kontent​

Foydalanuvchi quyidagi talablarga javob beradigan kontentni joylashtirishi mumkin:
• O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq bo‘lishi;
• Odobsiz so‘zlar, tahdidlar, kamsitish, haqorat yoki tuhmatni o‘z ichiga olmasligi;
• Uchinchi shaxslarning mualliflik va turdosh huquqlarini buzmasligi;
• Zararli dasturiy ta’minot, spam yoki Resurs ma’muriyati bilan kelishilmagan reklamalarni tarqatmasligi.

3. Taqiqlangan kontent​

Resursda quyidagi kontentni joylashtirish taqiqlanadi:
• Intellektual mulk huquqlarini buzadigan kontent;
• Ekstremistik, terroristik, zo‘ravonlikka oid yoki pornografik materiallar;
• Qonunga xilof harakatlarga da’vat etadigan yoki bunday harakatlarni oqlaydigan kontent;
• Yolg‘on yoki chalg‘ituvchi ma’lumotlar.

4. Foydalanuvchining javobgarligi​

Foydalanuvchi o‘zi tomonidan e’lon qilingan kontent uchun to‘liq javobgar hisoblanadi. Resurs ma’muriyati quyidagi huquqlarni o‘zida saqlab qoladi:
• Mazkur Siyosatni buzadigan kontentni foydalanuvchini oldindan xabardor qilmasdan o‘chirish;
• Qoidabuzarliklar muntazam ravishda sodir etilgan taqdirda foydalanuvchining Resursdan foydalanish imkoniyatini cheklash yoki bloklash;
• Qonuniy asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda tegishli ma’lumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish.

5. Siyosatga o‘zgartirishlar kiritish​

Resurs ma’muriyati foydalanuvchilarni oldindan xabardor qilmasdan mazkur Siyosatga o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Siyosatning yangilangan tahriri Resursda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.