Skip to main content

BIGMART xaridorlari bilan muloqot qilish qoidalari

Tahrir sanasi

2025-yil 10-mart

1. Umumiy qoidalar​

1.1. Mazkur qoidalar https://bigmart.uz manzilida faoliyat yurituvchi elektron tijorat onlayn-platformasi (keyingi o‘rinlarda — «Marketpleys») sotuvchilari uchun xaridorlar bilan muloqot qilish standartlarini belgilaydi.
1.2. Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar xushmuomalalik, hurmat va professionallik tamoyillariga asoslanishi lozim.

2. Muloqotning asosiy tamoyillari​

2.1. Salomlashish va murojaat qilish:
• Mijozga murojaat qilganda samimiy va hurmatli ohangdan foydalanish;
• Suhbatni salomlashish bilan boshlash, masalan: «Assalomu alaykum! Sizga qanday yordam bera olaman?»;
• Mijozning ismi ma’lum bo‘lsa, unga ismi bilan murojaat qilish.
2.2. Mijozlarning savollariga javob berish:
• Tovarlar va xizmatlar haqida aniq va ishonchli ma’lumot taqdim etish;
• Murojaatlarga imkon qadar qisqa muddatda javob berish;
• Ikki xil talqin qilinishi mumkin bo‘lgan va to‘liq bo‘lmagan javoblardan qochish.
2.3. Nizoli vaziyatlarni hal qilish:
• Mijozni diqqat bilan, gapini bo‘lmasdan tinglash;
• Mijoz norozilik bildirgan taqdirda ham xotirjam va xushmuomala bo‘lish;
• Muammoni hal qilishning mumkin bo‘lgan variantlarini taklif etish va zarur hollarda rahbariyat bilan maslahatlashish.

3. Taqiqlangan harakatlar​

3.1. Qo‘pollik, odobsizlik va tajovuzkor xatti-harakatlar.
3.2. Mijozlarning murojaatlarini e’tiborsiz qoldirish yoki ularga o‘z vaqtida javob bermaslik.
3.3. So‘kinish, haqoratli so‘zlar va kinoyadan foydalanish.
3.4. Tovarlar va xizmatlar haqida bila turib yolg‘on ma’lumot taqdim etish.
3.5. Ijtimoiy tarmoqlar, forumlar va sharhlar kabi ommaviy kanallarda mijozlar bilan tortishish yoki nizolashish.

4. Muloqot kanallari​

4.1. Mijozlar bilan muloqot quyidagi kanallar orqali amalga oshiriladi:
• Veb-saytdagi chat;
• Elektron pochta;
• Ijtimoiy tarmoqlar;
• Telefon qo‘ng‘iroqlari;
• Marketpleysda nazarda tutilgan hollarda messenjerlar.
4.2. Barcha xabarlar savodli, imlo xatolari va yozuvdagi kamchiliklarsiz yozilishi lozim.

5. E’tirozlar bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar​

5.1. Mijozlarning shikoyatlarini xotirjam tinglash va tafsilotlarni aniqlashtirish.
5.2. Mijozning holatini tushunish va hamdardlik bildirish. Masalan: «Vaziyatingizni tushunamiz va Sizga yordam berishga tayyormiz».
5.3. Marketpleys siyosatidan kelib chiqib, muammoni hal qilishning amaliy variantlarini taklif etish.
5.4. Murakkab vaziyatlarda murojaatlarni tegishli bo‘limga yo‘naltirish.

6. Yakuniy qoidalar​

6.1. Mazkur qoidalarga rioya qilish internet-do‘konning barcha xodimlari uchun majburiydir.
6.2. Qoidalar buzilgan taqdirda, Marketpleysning ichki tartib-qoidalariga muvofiq intizomiy choralar qo‘llanilishi mumkin.
6.3. Rahbariyat zarurat tug‘ilganda mazkur qoidalarga o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.