Skip to main content

Tovarlarni qaytarish

Bigmart omboridan tovarni qaytarish​

Bigmart omboridan tovarlarni qaytarish bir nechta sabablarga ko‘ra amalga oshiriladi:

  • Sotuvchining talabi bo‘yicha qoldiqni yoki tovarning bir qismini qaytarish;
  • Xaridor tovarni qaytarganida va uni yana sotuvga chiqarishning imkoni bo‘lmaganda;
  • Sotishdan oldin yoki keyin nuqson yoki shikastlanish aniqlanganida;
  • Tovarning yaroqlilik muddati tugaganida;
  • Tovarga uzoq vaqt davomida talab bo‘lmaganida;
  • Bigmart menejerlari tomonidan belgilanadigan boshqa sabablar bo‘yicha.

Tovarlarni qaytarish Qaytarish akti asosida amalga oshiriladi va tovarlarni o‘z vaqtida olib ketish bo‘yicha mas’uliyat sotuvchiga yuklanadi. Bigmart ombori tovarlarni sizning omboringizga qaytarishni amalga oshirmaydi.
Bigmart zarurat bo‘lganda sizdan Bigmart omborida turgan Tovarni olib ketishingizni talab qilishga haqli. Bu holatda talab yuborilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kalendar kuni ichida siz o‘z tovaringizni olib ketishingiz shart.
Agar siz qaytarilayotgan tovarni bildirishnomada ko‘rsatilgan muddatlarda olib ketmasangiz, Bigmart tovarlarni qaytarish zonasidan utilizatsiya zonasiga o‘tkazadi.

Sotuvchining so‘rovi bo‘yicha tovarni qaytarish​

Agar biror sabablarga ko‘ra siz Bigmart omboridan barcha qoldiqni yoki tovarning bir qismini qaytarib olmoqchi bo‘lsangiz, shaxsiy kabinetingizdagi «Bigmart omboridagi tovarlar» bo‘limida «Tovarni qaytarish so‘rovi»ni tayyorlashingiz kerak.
So‘rov yuborilgandan keyin, qaytarish uchun ko‘rsatilgan miqdor sotuvdan olinadi va tovarni qaytarishga tayyorlash boshlanadi. Ombor xodimlari qaytarish uchun tovarni yig‘ib bo‘lishlari bilan sizga tovarlar qaytarishga tayyorligi haqida bildirishnoma keladi. So‘rov holati «Qaytarishga tayyor»ga o‘zgaradi.
E’tibor bering, siz so‘rov yuborgandan keyin tovarni darhol olib keta olmaysiz, chunki so‘rovingizni ko‘rib chiqish, tovarni yig‘ish va hujjatlarni tayyorlash ma’lum vaqt oladi.


Qaytarishga tayyor bo‘lgan tovarlarni siz bildirishnoma olingan kundan boshlab 3 kalendar kuni ichida olib ketishingiz kerak.


Agar so‘rov holati «Qoralama» yoki «Kutilmoqda» bo‘lsa, siz so‘rovni bekor qilishingiz ham mumkin. Boshqa holatlarda so‘rovni bekor qila olmaysiz.


Yodda tuting, so‘rovingiz darhol ko‘rib chiqishga qabul qilinishi mumkin: shunda so‘rov «Ko‘rib chiqilmoqda» holatiga o‘tadi va siz uni endi bekor qila olmaysiz.

Nuqsonli yoki shikastlangan tovarlarni qaytarish​

Agar Bigmart sotish jarayonida (omborda saqlash, buyurtmani yig‘ish, inventarizatsiya, tashish vaqtida) tovarning nuqson yoki shikastlanishini aniqlasa yoki tovar xaridor tomonidan qaytarilgan bo‘lsa, bunday tovarlar nuqsonli tovarlarni saqlash zonasiga joylashtiriladi va sizga tovarlarni qaytarish haqida bildirishnoma yuboriladi.


Siz talab yuborilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kalendar kuni ichida tovaringizni olib ketishingiz shart.


Agar siz qaytarilayotgan tovarni bildirishnomada ko‘rsatilgan muddatda olib ketmasangiz, Bigmart tovarlarni qaytarish zonasidan utilizatsiya zonasiga o‘tkazadi.

Yaroqlilik muddati tugagan tovarlarni qaytarish​

Yaroqlilik muddatiga ega tovarlar Bigmart tizimida nazorat qilinadi. Siz muddati tugayotgan tovarlarni kuzatib borishingiz va ularni o‘z vaqtida olib ketishingiz kerak. Buning uchun shaxsiy kabinetingizdagi «Bigmart omboridagi tovarlar» bo‘limida «Tovarni qaytarish so‘rovi»ni tayyorlashingiz kerak.


Agar Bigmart yaroqlilik muddati tugagan tovarlarni (omborda saqlash, buyurtmani yig‘ish, inventarizatsiya, tashish vaqtida) aniqlasa yoki tovar xaridor tomonidan qaytarilgan bo‘lsa, bunday tovarlar utilizatsiya zonasiga joylashtiriladi va sizga tovarlarni qaytarish haqida bildirishnoma yuboriladi.


Siz talab yuborilgan kundan boshlab 15 kalendar kuni ichida yaroqlilik muddati tugagan tovarlarni olib ketishingiz shart. Agar siz tovarlarni bildirishnomada ko‘rsatilgan muddatda olib ketmasangiz, tovarlaringizni saqlash va utilizatsiya qilish bilan bog‘liq Bigmart’ning barcha xarajatlarini qoplashingizga to‘g‘ri keladi.