O‘zaro hisob-kitoblar
1. O‘zaro hisob-kitoblar uchun asos
Sotuvchi va Bigmart o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar «Bigmart» marketpleysida tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha oferta, shuningdek unga tuzilgan qo‘shimcha kelishuvlar (agar mavjud bo‘lsa) asosida amalga oshiriladi.
2. To‘lanishi lozim bo‘lgan summani aniqlash
Sotuvchiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summa hisobot davrida realizatsiya qilingan tovarlarning umumiy summasidan quyidagilarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi:
- Bigmartning komission mukofoti;
- tovarlar qaytarilgan summalar (agar mavjud bo‘lsa);
- shartnoma yoki oferta bilan nazarda tutilgan boshqa ushlab qolishlar.
3. Mablag‘larning yechib olish uchun mavjud bo‘lish shartlari
Sotuvchiga tegishli bo‘lgan pul mablag‘lari Sotuvchining Shaxsiy kabinetida hisobga olinadi. Tovar Xaridorga topshirilgan kundan boshlab o‘n (10) kunlik muddat o‘tgach, mablag‘lar yechib olish uchun mavjud bo‘ladi.
Belgilangan muddat tugagandan so‘ng Sotuvchi shaxsiy kabinet orqali mustaqil ravishda mablag‘larni yechib olish bo‘yicha so‘rov yuborishga haqli. To‘lov tizimda ko‘rsatilgan Sotuvchining hisob raqamiga naqdsiz pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
4. Kelishmovchiliklarni hal etish
Nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, tomonlar o‘zaro hisob-kitoblarni solishtirish (sverka) o‘tkazadilar. Nizoli operatsiyalar bo‘yicha to‘lovlar kelishmovchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.